O’zbekiston – Koreya: hamkorlik rivojidagi yutuqlar

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Seul shahrida Koreya Respublikasi Bosh vazirining o’rinboasri – iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar ko’p qirrali O’zbekiston – Koreya hamkorligining kun tartibini hamda ikki mamlakat o’rtasida investitsiyaviy, savdo – iqtisodiy va madaniy – gumanitar munosabatlarni rivojlantirish borasida erishilgan natijalarni muhokama qildiliar.
Shuningdek, tomonlar 2021-2023 – yillarga mo’ljallangan yangi hamkorlik dasturi doirasida EDCF Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg’armasi bilan hamkorlikda joriy etilayotgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo’yicha choralar ko’rishga kelishib oldilar.
Koreyaning KOICA Xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022 – 2024 – yillarga mo’ljallanga yangi hamkorlik dasturining imzolanish qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan yangi loyihalar va ikki tomonlama aloqalarini mustahkamlash hamda rivojlantirish yo’lida faol hamkorlikka tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.






