O'zbekiston va Rossiya davlatlari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning rivojlanish dinamikasi yuzasidan fikr almashildi

5-iyul kuni Rossiya va O'zbekiston davlatlari rahbarlari o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lib o'tdi, deya xabar qiladi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikning bugungi rivojlanish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Shuningdek, prezidentlar Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.






