O'zbekistonda «Keksalar haftaligi» bo‘lib o‘tmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi tegishli bayoniga ko’ra, joriy yilning 3-9-oktabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda..

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, yurtimizdagi barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, xayriya tadbirlari, nuroniy va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilishi kutilmoqda.