Paxta boykotidan xoli: oʼzbek toʼqimachilik sanoati uchun yangi marralar va imkoniyatlar

Birinchi Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida 25-mart kuni erta tongdan Biznes-nonushta formatidagi anjumanda “Paxta boykotidan xoli: oʼzbek toʼqimachilik sanoati uchun yangi marralar va imkoniyatlar” mavzusida forum tashkil etildi.

Xalqaro mexnat tashkiloti Oʼzbekistonda majburiy mehnatga barxam berilgani va Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi tomonidan 12 yildan oshiq davr mobaynida davom etgan “paxta boykoti” ga barham berilganligi eʼlon qilingani munosabati bilan Biznes nonushtaning tashkilotchilari “Oʼztoʼqimachiliksanoat” uyushmasi anjuman mavzusini “Paxta boykotidan xoli yaʼni Free of cotton pledge” deya nomlashdi.

Tadbirda bir qator xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar ishtirok etdilar, jumladan, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa Komissiyasining Oʼzbekistondagi missiyasi, Xalqaro savdo markazi, Germaniyang GIZ tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BCI tashkiloti, Xalqaro mexnat tashkiloti, Bangladesh savdo vaziri va vazirlik vakillari, Bangladesh toʼqimachilik vaziri va vazirklik vakillari, Bellegprom kontserni, Koreya toʼqimachilik texnologiyalari instituti, Germaniyaning Oʼzbekistondagi elchisi va boshqa turli darajadagi Italiya, Ispaniya, Singapur, Tojikiston, Turkiya, АQSh, Qozogʼiston va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdilar.

Аsosiy spikerlar - Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi loyixa raxbari Mariya Teresa Pisani, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi charm loyixalari raxbari Debora Teylor, Xalqaro moliya korporatsiyasi xududiy loyihalar rahbari Аshraf Megaxed, Indorama Agro Dipak Rayna, Global Textile Group of Companies Muzaffar Razzakov toʼqimachilik sanoati va sohada barqaror ishlab chiqarish zanjirini tashkil etish masalalari boʼyicha taqdimotlar oʼtkazdilar.