Pokiston va Oʻzbekiston oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Pokiston xalqaro havo yo‘llari 2022-yil yanvar oyidan boshlab Islomobod – Toshkent va Karachi – Toshkent yo‘nalishlarida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida Transport vazirligi, Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda PIA aviakompaniyasi rahbariyati o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvida ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviahamkorlik rivojlantirishdan ikki davlat ham manfaatdor ekanini ta’kidladilar.