Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berishni tezkor yoʼlga qoʼyish yuzasidan topshiriq berdi

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara toʼlovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan eʼtirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berildi.
Maktab darsliklari bolalarning umumiy oʼrta taʼlim olishida favqulodda muhim oʼrin tutishini hisobga olib hamda maktab oʼquvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq taʼlimi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yoʼlga qoʼyish yuzasidan topshiriq berdi,- Prezident matbuot kotibi Sherzod Аsadov.






