Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi.
 
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
 
Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.