Prezident raisligida videoselektor yigʼilishi bo'lib o'tadi

Bugun, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kengaytirilgan videoselektor yigʼilishi bo'lib o'tadi. Unda Yangi Oʼzbekistonning 2022–2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil – Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilinadi.