Prezident tonirovka masalasiga toʼxtaldi

“Bugun haydovchilar va yoʼlovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini koʼtaradigan qarorni imzoladim”, - Prezident
“Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.
Shu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi boʼladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa oʼylantirishi kerak.
Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida oʼylayman va unga yechim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda koʼtarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham koʼplab eʼtirozlar toʼplanib qolgan.
Shu bois, bugun haydovchilar va yoʼlovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini koʼtaradigan qarorni imzoladim”, dedi Prezident.






