Prezident topshirigʻiga ko’ra Oʻzbekistonda

Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻi bilan, respublikada 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, shulardan 7 tasi Samarqanddagi “Muzeylar kvadrati”da boʻladi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyati hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida «Muzeylar kvadrati» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, “Buyuk ipak yoʻli — Oʻzbekiston va Xitoyning oltin merosi” koʻrgazmasi, “Samarqand — Oʻzbekiston va Rossiya mintaqalari madaniyatlari tutashuvi” koʻrgazmasi, "Klassitsizm" muzeyi, Tarixiy fotosuratlar muzeyi, Zargarlik san’ati muzeyi, Badiiy koʻrgazmalar zali, "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasining filiallari sifatida an’anaviy liboslar muzeylari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, Qoʻqon shahrida "Qoʻqon" davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida Zamonaviy san’at muzeyi hamda Urganch shahrida Oʻzbekiston zamonaviy san’at muzeyining filiali sifatida Lazgi muzeyi tashkil etiladi.






