«Qanot Sharq» aviakompaniyasi yangi samolyotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida Oʻzbekistonning birinchi xususiy aviakompaniyasi bo‘lgan "Qanot Sharq" mahalliy aviakompaniyasi tomonidan lizingga sotib olingan ikkita samolyotdan biri – Аirbus А321neo poytaxt aeroportiga keltirildi.
"Qanot Sharq" aviakompaniyasi bosh direktori Moisey Pakning soʻzlariga koʻra, yangi samolyotdan foydalanish uchuvchilarni qayta oʻqitish bilan bogʻliq uzoq jarayonni talab etmaydi. Mutaxassis Аirbus А320 seoda parvoz qilgan boʻlsa, u holda yangi samolyotni boshqarishni tezda oʻzlashtiradi. Bu aynan Аirbus А321neoni tanlashda qoʻllanilgan mezonlardan biri boʻldi.
Bundan tashqari, bu model avvalgisidan tavsiflari jihatidan ancha ustun hisoblanadi. Yangi samolyot Vyetnam va Tailandga ilk parvozlarini amalga oshiradi. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, ikkinchi Аirbus А321neo samolyoti bir oydan soʻng yetib keladi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda mahalliy aviatashuvchining floti oʻzining ixtiyoriga ikki yil oldin qabul qilingan ikkita Аirbus А320 seo samolyotidan iborat.
P.S. "Qanot Sharq" Amerikaning "Air Lease Corporation" lizing kompaniyasi bilan kelishuv imzolagan.






