Qatar fuqarolari O‘zbekistonda bo‘lishi uchun viza tartibi soddalashtirildi

O'zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qatar deligatsiyasini qabul qildi.

Qatar delegatsiyasi rahbari Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy, o‘z navbatida, iliq qabul uchun O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Qatar Amirining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda davlatimiz rahbari birinchi navbatda savdo, investitsiyaviy, innovatsiyaviy, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek, bugun imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq – transport sohasida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi.

Xalqaro siyosatga doir va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Qatar tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.