Qaysi sohada eng koʼp ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan?

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni 30,3 ming nafarni tashkil etgan.

Sohalar boʼyicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni:

— tabiiy fanlar – 9,3 ming nafar;
— ijtimoiy fanlar – 5,8 ming nafar;
— texnika fanlari – 4,8 ming nafar;
— tibbiyot fanlari – 4,6 ming nafar;
— gumanitar fanlar – 4,4 ming nafar;
— qishloq xoʼjaligi fanlari – 1,4 ming nafar.