Qirgʼiziston – Oʼzbekiston oʼrtasida davlat chegarasiga oid bitim imzolanishi kutilmoqda

Sadir Japarov BMT Bosh Аssembleyasining 77-sessiyasidagi nutqida Qirgʼiziston va Oʼzbekiston oʼrtasida davlat chegarasi boʼyicha bitim imzolanishini maʼlum qildi.
“1991-yilning dekabrida Sovet Ittifoqi parchalangach, bahsli hududlar va chegara boʼyicha muammolar paydo boʼldi. Ularning ayrimlari hozirga qadar tartibga solinmagan. Butun Sovet—Xitoy chegarasida 20 dan ortiq bahsli hududlar boʼlgan boʼlsa, Qirgʼizistonning oʼzida ular beshta», — deya ta’kidlagan Japarov.
Shuningdek, Qirg’iziston yetakchisi jahon hamjamiyatiga Qirgʼiziston dastlab 1996-yilda Xitoy bilan va 1999-yilda Qozogʼiston bilan davlat chegalarining kesish nuqtalari boʼyicha masalalarni muvaffaqiyatli yakunlaganini eslatib oʼtgan.
“Biz hozirda Oʼzbekiston bilan Davlat chegarasi toʼgʼrisidagi bitim boʼyicha hamkorlikdagi ishlarni deyarli toʼliq yakunladik va uni imzolash arafasidamiz. Uchta qoʼshni davlat bilan davlat chegaralari tinchlik, yaxshi qoʼshnichilik, doʼstlik va oʼzaro manfaatli hamkorlik chegarasiga aylanganini mamnuniyat bilan qayd etaman”, deya taʼkidlagan u.
Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston va Qirgʼiziston chegarasining uzunligi 1378 kilometrni tashkil etib, uning 85 foizi 2017-yilgi kelishuv bilan tavsiflangan va ratifikatsiya qilingan.






