Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 15-16-sentabr kunlari ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Sammitda Qirg‘iziston delegatsiyasi ShHTga a’zo boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlik kabi mavzulardagi muhokamada qatnashadi.






