Qirg‘iziston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

Joriy yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘izistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ibragim Djunusovni respublikadagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.

Suhbat chog‘ida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalar sezilarli faollashgani qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Qirg‘iziston elchisi o‘zining mamlakatdagi diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.