Qirg‘izistonda aholi pensiyalari rekord darajada oshdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘tgan yillarga nisbatan mamlakatda pensiyalar miqdori sezilarli darajada oshirilganini ma’lum qildi. Endi pensionerlarga nafaqa to‘lash uchun har yili respublika budjetidan 70 milliard emas, 90 milliard so‘m ajratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 1-oktabrdan qirg‘izistonliklarning pensiyalariga o‘rtacha 1700 somdan 3400 somgacha (taxminan 227 va 455 ming so‘m) qo‘shiladi.
“Biz bilamizki, bu ideal ko‘rsatkichdan yiroq. Lekin bugungi budjet imkoniyatlaridan kelib chiqib, biz fuqarolarimiz hayotini yaxshilash uchun hamma narsani qilyapmiz. Dastlabki yillarda pensiyalar har doim o‘rtacha 200-300 somga oshirilgan.
Davlatning ijtimoiy siyosati bundan keyin ham qirg‘iz xalqining hayot sifatini yaxshilash va farovonligini oshirishga qaratilgan bo‘ladi", - deb yozgan Japarov Facebookda.
U Qirg‘izistonda 735 ming nafar pensioner borligi haqidagi ma’lumotlarni ham keltirib o‘tgan. Endi ular uchun pensiya to‘lash uchun har yili respublika budjetidan 70 milliard emas, 90 milliard so‘m ajratiladi.






