Qishloq xoʼjaligi vaziri lavozimiga Аziz Voitov nomzodi maʼqullandi

2022-yil 29-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi. Unda xalq vakillari Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vaziri lavozimiga Аziz Voitov nomzodini koʼrib chiqdilar va maʼqulladilar.

Maʼlumki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʼrib chiqiladi.