Qishloq xoʼjaligida islohotlar qatʼiy davom ettiriladi

Agrar sohada yuqori qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratiladi.

Shu yilning oʼzida 100 ming gektar ekin yerini aholiga dehqonchilik qilish uchun boʼlib berildi. Buning hisobidan 1,5 million tonna qoʼshimcha oziq-ovqat yetishtirildi. Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xoʼjaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band boʼlib, daromad olayapti.

Shu bois, 2023-yilda ham suv taʼminoti yaxshi 100 ming gektar qoʼshimcha ekin maydonlari aholiga ajratiladi.

Kooperatsiya faol qoʼllab-quvvatlanadi, kichik va oʼrta quvvatli saqlash, saralash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.

Umuman, agrar sohada yuqori qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratiladi.