Qiymati 34,1 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 1 125 ta elektromobil import qilgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʼzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

2022-yilning 6 oyida Oʼzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

Xitoy – 983 ta
BАА – 73 ta
Germaniya – 27 ta
Gonkong – 25 ta
Koreya – 6 ta
Litva – 6 ta
Estoniya – 2 ta.