Qiymati 564,1 million dollarga teng boʼlgan yengil avtomobillar import qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Oʼzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 564,1 million АQSh dollariga teng boʼlgan 22 447 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 430 taga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʼzbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.






