Qiz farzandni, onani oʼqitsak, jamiyatni oʼqitgan boʼlamiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi oʼquv darsliklari taqdimotida qiz farzandlar va ayollarni oʼqitish kerakligini taʼkidladi.
“Bolalarni kim tarbiya qiladi? Аlbatta, ayollar. Shuning uchun biz qizlarimizni, onalarimizni oʼqitishimiz kerak. Shunda jamiyatni oʼqitgan boʼlamiz”, — dedi Prezident.






