Qoʻqonda Turkiy kengashning majlisi boshlandi

23-iyun kuni Turkiy kengashning turizmni rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi Qoʻqon shahrida oʻz ishini boshladi. Kun tartibida tashkilot vazirlari uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish va turizmni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish masalalari qoʻyilgan.

Bugungi majlisda Turkiy kengashning turizmni rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi 24-iyun kuni vazirlar darajasida oʻtkaziladigan uchrashuvlar reglamentini kelishib olmoqdalar.