Qoraqalpogʼistonda Investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini ragʼbatlantirishning yangi tizimi

Joriy yilning 7-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpogʼiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishning bugungi holatini oʼrganish maqsadida mazkur hududga yoʼl oldi.
Joylarga chiqish mobaynida mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali algoritmlarini ishlab chiqish maqsadida tadbirkorlar va investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan manzilli uchrashuvlar oʼtkazildi.
Hududda investitsiyaviy va sanoat faoliyatini kuchaytirish borasida navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi – mutasaddi rahbarlarga mavjud xomashyo salohiyati va sanoat imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qoʼshilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.
Investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini ragʼbatlantirishning yangi tizimini faol amalda qoʼllash, foydalanilmayotgan iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash hamda istiqbolli tarmoqlarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida hududlarda tashkil etilgan “loyiha guruhlari” va Tadbirkorlar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish boʼyicha chora-tadbirlar koʼrish topshirildi.






