Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari qator soliqlardan ozod etiladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar mol-mulk solig'i, yer solig'i va qat'iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lashdan ozod qilinadi.
• 2024-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha “o‘sish nuqtalari” deb belgilangan faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;
• 2024-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatau va Shumanay viloyatlarida joylashgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari;
• 2026-yil 1-yanvarga qadar xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan hamda sharoiti og‘ir bo‘lgan 45 ta mahalla va ovullar hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha (ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlari ham) daromad solig'idan ozod qilinadi.






