Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda PZR va emlanganlik sertifikatlari talab qilinmaydi

Qozog‘iston 8-iyundan boshlab davlat chegarasini kesib o‘tishda PZR testi yoki COVID-19 ga qarshi emlanganlik to’g’risidagi sertifikatga bo’lgan talablarni bekor qiladi.
Bundan tashqari, 8-iyundan boshlab Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida respublikaning yetti viloyatidagi 12 ta vaqtinchalik yopilgan avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlarining ishlashiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.






