Qozog‘iston poytaxtining nomi Ostonaga qaytarildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat poytaxtining nomi Ostonaga qaytarildi va Prezident 7 yilda bir marta saylanadigan bo’ldi.