Qozog‘iston prezidenti Putinning taklifiga binoan Moskvaga bordi

“Tengrinews” xabariga ko’ra, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifi bilan 27-noyabr kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi. Bu Toqayev 26-noyabr kuni ikkinchi marta Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon ilk tashrif bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bugun, 28-noyabr kuni Moskvada davlat rahbarlari muzokaralar o‘tkazadi. Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari videokonferensaloqa rejimida Qozog‘iston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumida qatnashadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrif chog‘ida hujjatlar imzolanishini aytgandi. Aynan qanday hujjatlar ekaniga Peskov aniqlik kiritmadi.






