Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv

23 oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Petrov Konstantin Viktorovich va Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati bo‘lim boshlig‘i Iskakov Dauren Tleukenovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari, unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Konstantin Petrov O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish va saylov jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati uchun minnatdorlik izhor etdi.
Qayd etish joiz, Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.






