Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o’rtasida uchrashuv tashkil etildi

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi Nur-Sultonga amaliy tashrifi doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi.

Vazir Istanbuldagi turkiy kengashning 8-sammitida qabul qilingan qarorlarni samarali amalga oshirish hamda Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning "Astana" xalqaro moliya markazining maydonida turkiy investitsiya fondini tashkil etish va joylashtirish borasidagi tashabbuslarini samarali amalga oshirish muhimligini ta'kidladi.