Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz faoliyatini boshladi

Joriy yilning 14 - dekabiridan “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent Shahar hokimligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi hamkorligida “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”si oʻz ishini boshladi. Yarmarka ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o’rinbosari Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov nutq so’zladi.
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida jami 1 481 nafar mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar 2 260 turdagi mahsulotlarning ko‘rgazmali namoyish bilan ishtirok etmoqdalar.
Yarmarka yuksak saviyada tashkil etilib, tadbirning boy biznes dasturi, samaradorlikni ta'minlash, mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo'shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va ichki bozorda yuqori talabga ega bo'lgan mahsulotlarni mahalliylashtirishni nazarda tutadi.
Yarmarkada asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulat turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini (shartnoma va memorandumlar) shakllantirishga yo’naltiriladi.
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi joriy yilning 18 dekabrigacha davom etishi rejalashtirilgan.






