Rossiya COVID-19 tufayli Oʻzbekistonga parvozlar uchun kiritilgan cheklovlarni olib tashladi

Rossiya qator mamlakatlar, shu jumladan, O'zbekistonga rejadan tashqari va muntazam reyslarga COVID-19 tufayli kiritilgan cheklovlarni bekor qiladi.
Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2022-yil 9-martdagi qaroriga muvofiq, avval o'rnatilgan COVID-19 tarqatilishining oldini olish doirasida Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston va Eronga rejadan tashqari va muntazam qatnovlarga cheklovlar bekor qilindi.
Avvalroq bu cheklovlar Belarus, Dominikan Respublikasi, Misr (Qohiradan tashqari), Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Finlyandiya, Chexiya, Shvetsariya, Janubiy Koreya va Kubaga parvozlar uchun bekor qilingan edi.






