Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʼtkazildi

2021 yil 9 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʼliqni saqlash masalalari qoʼmitasi aʼzolarining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashining Ijtimoiy siyosat boʼyicha qoʼmitasi aʼzosi Y.Аrxarov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda Delegatsiya aʼzolariga Oʼzbekistonda ijtimoiy sohada qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, taʼlim, sogʼliqni saqlash va ilmiy faoliyat yoʼnalishlarida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, sohada amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, MDH davlatlari Parlamentlar Аssambleyasining Rossiya Federatsiyasida oʼtgan sammitida qabul qilingan hujjatlar ijrosi ham muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xususan, sogʼliqni saqlash sohasida qonunchilikni takomillashtirish masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.