Rossiya Oʼzbekistonning 11 ta tibbiyot muassasasiga robot-simulyatorlar yetkazib beradi

Oʼzbekiston va Rossiya tibbiyot muassasalari uchun robot-simulyatorlar yetkazib berish toʼgʼrisida shartnoma imzoladi. Robotlar toʼliq Rossiyada ishlab chiqarilib, ular yordamida jarrohlik amaliyotlarini ham oʼrganish mumkin bo’ladi.

Bu haqda "Innoprom" koʼrgazmasiga tayyorgarlik doirasida boʼlib oʼtayotgan onlayn sessiyada Rossiya eksport markazi rahbari Veronika Nikishina maʼlum qildi.

"Yaqinda Rossiya va Oʼzbekiston oʼrtasida respublikaning 11 ta tibbiyot muassasasi uchun robot-simulyatorlar yetkazib berish boʼyicha shartnoma imzoladi. Robotlar toʼliq Rossiyada ishlab chiqariladi va tibbiyot xodimlariga ular asosida ta’lim berilishi mumkin bo’ladi. Ular xulq-atvor jarayonlarini simulyatsiya qiladi. Shuningdek robotlar yordamida jarrohlik amaliyotlarini bajarishni ham oʼrganish mumkin", dedi Nikishina.

Esport markazi rahbarining so’zlariga ko’ra, bugungi kunda Oʼzbekiston bilan Rossiyaning 78ta subyekti savdo-sotiq bilan shugʼullanadi va Rossining yuqori texnologiyali kompaniyalari bunday hamkorlikdan manfaatdor.

Onlayn sessiya Innoprom-onlayn platformasida Rossiya sanoat va savdo vaziri Аleksey Gruzdev hamda Oʼzbekiston sarmoya va tashqi savdo vaziri oʼrinbosari Xurram Teshaboyev ishtirokida oʼtkazildi.

Mazkur sessiya 25-27-aprel kunlari Toshkentda boʼlib oʼtadigan Innoprom koʼrgazmasiga bagʼishlangan.