Rossiya prezidenti administratsiyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

23-26-iyun kunlari O‘zbekistonga amaliy tashrifi chog‘ida idora rahbariyati O‘zbekiston hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, shuningdek, Rossiya oliy o‘quv yurtlarining bir qator filiallarida bo‘ldi.

Tomonlar Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining bugungi holatini tahlil qilib, ta’lim va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqishda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.