Rossiyada Google Play ilovalar doʻkonining faoliyati cheklandi

Google Rossiyadagi ilovalar do‘konining faoliyatini cheklaydi. Endi foydalanuvchilar Google Playdan faqat bepul ilovalarni yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
IT giganti bu qarorini toʻlov tizimlarining buzilishi bilan izohladi, shu sababli Google Play toʻlov tizimi toʻxtatiladi. “Taqiq vaqtida foydalanuvchilar Rossiyada Google Play orqali ilova va oʻyinlarni xarid qila olmaydi, obunalar uchun toʻlovni amalga oshira olmaydi yoki raqamli mahsulotlarni ilova ichida xarid qila olmaydi. Bepul ilovalar Play Marketda mavjud bo'lib qoladi.
Bundan tashqari, YouTube video mualliflariga rossiyalik auditoriya uchun monetizatsiya qilishni, jumladan Premium obunasi, Music Premium, homiylik, super chat, super stikerlar va tovarni butunlay taqiqladi. O'zgarishlar mamlakatdan tashqarida bo'lgan tomoshabinlarga ta'sir qilmaydi, dedi kompaniya.
Mart oyida Google "favqulodda vaziyatlar" va Ukrainadagi voqealar tufayli rossiyalik foydalanuvchilarga reklama ko'rsatishni vaqtincha o'chirib qo'ydi, bu YouTubega ham ta'sir qildi.






