Rossiyaga maishiy texnika yetkazib berish bo‘yicha eksklyuziv shartnoma tuzildi

Artel Electronics kompaniyasi Rossiyaning M.Video-Eldorado kompaniyasi bilan Rossiyaga maishiy texnika yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Sovutgich, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizor, pechka va changyutgichlar birinchi bo'lib sotuvga chiqarilishi, asosan o'rtacha narx oralig'ida, yil oxiriga qadar 16 turdagi mahsulot turlari bo'yicha assortimentni 100 tagacha kengaytirish rejalashtirilgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, iyul-avgust oylarida O‘zbekiston uskunalari Rossiya bozoriga kirib boradi.






