Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga mutazam parvozlarni yo’lga qo’yishi kutilmoqda

Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.

Loukoster Sukhoi Superjet 100 (RRJ-95B) samolyotlarida «Rostov-na-Donu- Samarqand- Rostov-na-Donu», «Rostov-na-Donu- Urganch- Rostov-na-Donu», «Krasnodar- Urganch- Krasnodar» va"Mineralniye Vodi- Urganch- Mineralniye Vodi" yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mart oyi avvalida Rossiyaning «Aeroflot», S7 va Smartavia aviakompaniyalari xalqaro reyslar bekor qilingani haqida ma’lumot bergan edi. Ular birvarakayiga bir nechta O‘zbekiston shaharlariga uchishni boshlashdi.

25-mart kuni «Rossiya» aviakompaniyasi («Aeroflot» tarkibiga kiruvchi) aprel oyidan Superjet 100 samolyotlarida Sochidan O‘zbekistonning beshta shahri - Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urganch va Farg‘onaga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida e’lon qildi.