Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Nyu-York meri Erik Adams ham qatnashdi.

"Vatandoshlarimiz bilan juda iliq suhbatlashdik. Ularga yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘zlab berdim va ularning ham yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga katta qiziqish bilan qarayotganiga guvoh bo‘ldim.

Yurtdoshlarimizning aksariyati o‘z tarixiy Vatanidan uzoqlashmagani, turli loyihalarni amalga oshirish orqali AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga intilayotganligi juda quvonarli." - deya yozadi Saida Mirziyoyeva