Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi

Sammitda SHHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Jami 44 ta hujjat - bitim, konseptsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixida rekord ko‘rsatkichdir.
Jumladan:
SHHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini 2023-2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi to‘g‘risida;
SHHTga a’zo davlatlarning o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha konseptsiyasi to‘g‘risida;
“SHHTning ezgu niyat elchisi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi nizom to‘g‘risida;
SHHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” to‘g‘risida;
Eronning SHHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani to‘g‘risida;
Belarus Respublikasini SHHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini boshlash to‘g‘risida;
Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Quvayt Davlatiga SHHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini berish to‘g‘risida;
Varanasi shahrini (Hindiston) 2022-2023-yillarda SHHTning turizm va madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risida;
SHHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha BMT (YUNЕSKO) o‘rtasida memorandumni imzolash to‘g‘risida;
SHHT Bosh kotibining tashkilotning o‘tgan yilgi faoliyati hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari haqida;
SHHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida;
SHHT faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, boshqa ko'plab hujjatlar va hamkorlik Memorandumlari imzolandi.






