Samarqandda Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi o‘tkaziladi

2023-yilda Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv Kengashining yillik yig‘ilishi va Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar ham yaqin oylarda aynan Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoev Samarqand tumanida Xalqaro turizm markazining ochilishiga bagʼishlangan bayramda ma'lum qildi.
"Oldimizda katta-katta sanalar, yirik siyosiy, madaniy va ma’rifiy tadbirlar turibdi. Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar ham yaqin oylarda aynan Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Kelgusi yilda esa qadimiy shahrimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv Kengashining yillik yig‘ilishi va Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi ham o‘tkaziladi",- dedi davlat rahbari.
Prezident so‘zining yakunida Samarqand qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborgan ushbu qurilishlarni amalga oshirishda mehnat qilgan barcha quruvchi va mutaxassislarga, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlarga, chet ellik hamkorlarga, Samarqand ahliga, ko‘pmillatli butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi.






