Samsung 356 milliard dollar sarmoya bilan 80 ming yangi ish o‘rni yaratmoqda

Samsung seshanba kuni (24-may) o'z biznesiga 350 milliard dollardan ortiq mablag' kiritib, kelgusi besh yil ichida o'n minglab yangi ish o'rinlarini yaratish rejasini ommaga oshkor etdi.

Uzoq davom etgan ta'minot zanjiri muammolari va Ukrainadagi urush tufayli keskinlashgan noaniq iqtisodiy muhitga qaramay, Janubiy Koreya konglomerati 2026-yilgacha, birinchi navbatda, chip ishlab chiqarish va biofarmasevtika kabi asosiy biznesga 450 trillion von (356 milliard dollar) sarmoya kiritishini ma’lum qildi. Bu avvalgi besh yillik davrda sarflagan mablag'dan 30% ga o'sishni anglatadi.

Sarmoyaning asosiy qismi — 360 trillion koreys von (285 milliard dollar) Janubiy Koreyaga ataladi. Qolgan mablagʻ qayerga yoʻnaltirilishiga esa aniqlik kiritilmagan.

Kompaniya shuningdek, 2026-yilga qadar 80 000 ta yangi ish o'rinlari yoki "har yili 16 000 ga yaqin ish o'rinlari" yaratadishni boshlaydi, deyiladi bayonotda. Ilgari kompaniyaning maqsadi 2021-yildan 2023-yilgacha 40 000 ish o'rni yaratish edi.

Ish o'rinlarining aksariyati Janubiy Koreyada bo'lishi kutilmoqda. Ammo texnologiya giganti butun dunyoda, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Filippinda tadqiqot va ishlanma markazlariga ega.