Sanoat tarmogʼining YaIMdagi ulushi oshdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmogʼining YaIMdagi ulushi 28 % ni tashkil etgan. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davrida 27,8 % ni tashkil etgan edi.
Taqqoslash uchun, joriy yilda sanoat tarmogʼining YaIMdagi ulushi oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ga oshgan.






