Savdo-sanoat palatasi Hukumat boʼysunuvidan toʼliq chiqariladi

Prezident Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy boʼlinmalarining faoliyati ham tubdan oʼzgarishini aytdi.
Bundan buyon, ular:
tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shugʼullanadi;
har bir tuman va shaharda ilgʼor metodikalar asosida biznesga oʼqitish maktablarini tashkil qiladi;
hokim va boshqa hududiy rahbarlarga koʼrib chiqishi majburiy boʼlgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega boʼladi;
mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni oʼtkazadi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining oʼziga ham:
Hukumatga koʼrib chiqishi majburiy boʼlgan masala kiritish;
tadbirkor manfaatini koʼzlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʼyicha sud qarorlarini qayta koʼrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.






