Savdo-sanoat palatasi raisi Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti rektori etib tayinlandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti rektori etib tayinlandi.
Yigʼilishda toʼqimachilik sohasida mutaxassislar tayyorlash, ilm va izlanish boʼyicha Toʼqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Oʼzbekiston-Koreya toʼqimachilik texnoparki yaxlit tizim asosida ishlashi belgilandi.
Institutda yangi oʼquv yilidan:
3 va 4-kurs talabalarini oʼqitishda “dual” taʼlim tizimi joriy qilinadi.
Endi, ular haftaning uch kunida institutda nazariy darslar, qolgan uch kunida toʼqimachilik texnoparki va korxonalarda amaliy oʼquv mashgʼulotlar asosida oʼqitiladi;
nufuzli xorijiy toʼqimachilik oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 6 ta yoʼnalishda talabalar almashish dasturi yoʼlga qoʼyiladi.
Mutasaddilarga elchilar bilan birga yil yakuniga qadar Turkiya, Koreya va Hindiston kabi ilgʼor tajribaga ega mamlakatlardan 40 nafar malakali oʼqituvchilarni olib kelish topshirildi.
Shu bilan birga, Toʼqimachilik texnoparkini sohaga yangi tajriba va innovatsiyani olib kiradigan markazga aylantirish vazifasi qoʼyildi.






