Sberbank valyuta o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligi haqida xabar berdi

Sberbank sanksiyalar tufayli 18-martdan boshlab valyuta o‘tkazmalari cheklanganligini e’lon qildi.

Bank mijozlari endi Rossiya va chet eldagi boshqa banklarga AQSh va Kanada dollarlarida, shuningdek, funt sterling, Daniya va Shvetsiya kronalarida pul o‘tkazmalarini amalga oshira olmaydilar, deyiladi Rossiyaning eng yirik banki bayonotida.

Bank buni 18-mart kuni Amerika banklaridagi vakillik hisobvaraqlari bilan valyuta operatsiyalari bo‘yicha sanksiya cheklovlari kuchga kirganligi bilan izohladi, bu esa Rossiya va xorijdagi aholi uchun xorijiy valyutadagi hisob raqamlari bo‘yicha banklararo o‘tkazmalarga ta’sir ko‘rsatdi.

Sberbank ofislarida mijozlar yevro, iyena, Shvetsariya franki va Singapur dollarlarini Rossiya ichida ham, chet elda ham o'tkazishlari mumkin. Sberbank Online ilovasi orqali chet elga pul o'tkazmalari faqat yevroda amalga oshiriladi.