Senat soliq maslahati to‘g‘risidagi yangi qonunni ma’qulladi

Senat soliq maslahati to'g'risidagi yangi qonunni ma'qulladi. U 2006-yilda qabul qilingan "Soliq maslahati to‘g‘risida"gi qonunning o‘rniga ishlab chiqilgandi.

Qonun soliq maslahati xizmati turlarini kengaytirish va soliq maslahatchilariga bir qator huquqlarni berishni nazarda tutmoqda.

Shuningdek, Qonun soliq maslahati faoliyati davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda mansabdor shaxslarning ta’siridan mustaqil bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi qoida bilan to‘ldirilmoqda.

Qonun to‘ldirilgan mustaqillik tamoyiliga ko‘ra, soliq maslahatchilari, agar ular faoliyatining mustaqilligiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo‘lsa, soliq konsalting xizmatlarini ko‘rsatishdan bosh tortishlari mumkin.