Shavkat Mirziyoyev 20-21-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi, ularning yakunida salmoqli, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Shuningdek, Prezidentlar Ashxobod shahrida barpo etilgan “Toshkent” bog‘inining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar hamda O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish ishlariga start beradilar.