Shavkat Mirziyoyev Отан корғаушилар monumentiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Nur-Sulton shahridagi "Отан корғаушилар" (“Vatan himoyachilari”) monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozoq askarlari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr. Yodgorlik markazida Vatan timsoli – ona tasvirlangan.

Xorijiy davlat rahbarlari yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtirom bildirdilar.