Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

Joriy yilning 21-mart kuni, Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani haqida xabar berildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, samolyot Kunmindan Guanjuoga uchayotgan edi va bortda 123 nafar yo'lovchi va 9 nafar ekipaj a'zolari bo'lgan.
Aviakompaniyaning ta'kidlashicha, tekshiruvlar tugamaguncha, ushbu rusumdagi, ya'ni Boeing 737-800 samolyotlaridab vaqtinchalik foydalanish to'xtatiladi.






